Bundesligada iste'fo ro'y berdi

Mirjalol Normatov
7 okt 2018, 13:35
"Shtutgart" rahbariyati bosh murabbiy Tayfun Korkutni ishdash bo'shatishga qaror qildi.

Bu haqda Germaniya jamoasi rasmiy sayti xabar bermoqda. Bunga sabab sifatida jamoaning yoqimsiz natijalari ko'rsatib o'tilgan. U bilan birga yordamchilari ham klubdan ketishdi.

Korkut qo'l ostida "Shtutgart" kecha "Gannover"ga mag'lub bo'ldi. Endi uning o'rnida vaqtincha Andreas Xinkel ishlab turadi.

Jamoa 7 turda 5 ochko jamg'arib, Bundesliganing so'nggi jamoasi bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: www.vfb.de