Bundesliga. Tyuramning dubli “Borussiya M”ga yirik g'alaba keltirdi

Eldor Akmurzayev
31 may 2020, 20:34
Germaniya chempionatining 29-turidan o'rin olgan navbardagi bahs yakunlandi.

Myonxengladbaxda o'tgan bellashuvda “Borussiya M” “Union Berlin”ni 4:1 hisobi bilan taslim etdi. Mezbonlar safida hujumchi Markus Tyuram dublga erishgan bo'lsa, qolgan gollarni Florian Noyxaus hamda Alassan Plea urdi. Javob to'pini esa 50-daqiqada shvetsiyalik forvard Sebastyan Andersson kiritgan.

Borussiya M – Union Berlin 4:1 (2:0, 2:1)

Borussiya-Park

Gollar: 1:0 – 17 Noyxaus, 2:0 – 41 Tyuram, 2:1 – 50 Andersson, 3:1 – 59 Tyuram, 4:1 – 81 Plea.

Borussiya M – Zommer, Elvedi, Bensebayni (Vendt, 90), Layner, Ginter, Noyxaus (Dukure, 90), Xofmann (Traore, 82), Xerrmann (Kramer, 73), Tyuram, Plea, Shtindl (Benesh, 82).

Union Berlin – Gikevich, Lenc (Ryuerson, 60; Mees, 65), Subotich (Kroos, 46), Shlotterbek, Trimmel, Premel, Gentner (Udja, 80), Byulter, Fridrix, Andersson, Ingvartsen (Malli, 80).

Ogohlantirishlar: Byulter (19), Fridrix (30), Xofmann (33), Layner (43), Noyxaus (61).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia