Bundesliga peshqadami "Barselona" tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzoladi

23 yanv 2020, 01:15
Germaniya chempionatida karvonboshilik qilayotgan "Leyptsig" klubi 21 yoshli darvozabon Xosep Martines bilan shartnoma imzoladi.

Martines "Leyptsig" safiga yozda kelib qo'shiladi. Tomonlar orasidagi hamkorlik 4 yilga mo'ljallangan.

Ma'lumot uchun, "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan Martines bugungi kunda "Las-Palmas" darvozasini qo'riqlamoqda. Mazkur klub safida 55 o'yinda maydonga tushgan golkiper o'z darvozasidan 52 marotaba to'p olib chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Manba: El Chiringuito