Bundesliga. "Leyptsig" – "Borussiya" uchrashuvida "Bavariya" g'alaba qozondi

2 fev 2020, 00:45
Germaniya chempionati 20-turining markaziy uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Qiziqarli ruhda o'tgan bahsda durang natija qayd etildi. Dastlab, birinchi Myonxengladbaxning "Borussiya"si ikki to'p farqi bilan oldinga chiqib oldi. Ikkinchi bo'lim avvalida mezbonlar hisobni qisqartirishdi. 61-daqiqada esa "Borussiya"ning fransiyalik hujumchisi Alisson Plea maydondan chetlatildi. Uchrashuv yakuniga yaqin yana bir francuz asosiy sahnaga chiqdi. O'tgan yozda PSJdan xarid qilingan Kristofer Nkunku uchrashuvda yakuniy hisobni o'rnatdi, 2:2. Durang har ikki jamoaning zarariga ishladi. Jumladan, mazkur turga qadar chempionatda karvonboshilik qilgan "Leyptsig" "Bavariya"ni oldinga o'tkazib yubordi, Myunxen superklubi yana o'z o'rnini topdi. Myonxengladbaxliklar esa 4-o'ringa tushib ketdi.

Bundesliga musobaqa jadvali bilan tanishing.

RB Leyptsig – Borussiya M 2:2 

1 fevral, 22.30, Red Bull Arena Leyptsig

Gollar:

0:1 – 24 Plea, 0:2 – 35 Xofmann, 1:2 – 50 Shik, 2:2 – 89 Nkunku.

RB Leyptsig – Gulachi, Xalstenberg, Upamekano, Klostermann, Mukiele (Shik, 46), Laymer, Adams (Olmo, 69), Nkunku, Zabitcer, Forsberg (Poulsen, 46), Verner.

Borussiya M – Zommer, Elvedi, Vendt, Ginter, Layner, Noyxaus (Djonson, 90), Xofmann, Zakariya, Kramer (Shtrobl, 29), Tyuram (Embolo, 63), Plea.

Ogohlantirishlar:

Noyxaus (18), Plea (61), Elvedi (61), Embolo (69), Verner (73).

Chetlatish:

Plea (61).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia