Bundesliga. “Kyoln” o'z maydonida so'ngi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi

24 may 2020, 22:56
Germaniya chempionati 27-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvda “Kyoln” o'z maydonida “Fortuna”ni qabul qildi.

Qiziqarli bahsda kutilmaganda mehmonlar safardan uch ochko bilan qaytadigan bo'lishdi. Bellashuvning 41-daqiqasida Kenan Karaman hisobni ochgan bo'lsa, 61-daqiqada uning jamoadoshi Erik Tommi oradagi farqni ikkitaga oshirdi -0:2.

Bellashuvning so'nggi daqiqalarida mezbonlar raqib darvozasi oldida hujumkorlikni oshirishdi va ikki daqiqa ichida ikki bor gol kiritib, muqarrar mag'lubiyatdan qutulib qolishdi.

Bundesliga, 27-tur.

Keln – Fortuna 2:2

Gollar: 0:1 – 41 Karaman, 0:2 – 61 Tommi, 1:2 – 88 Modest, 2:2 – 90 Kordoba.

Keln – Xorn, Yakobs (Dreksler, 60), Exizibue (Xorxe Mere, 59), Bornauv, Xektor, Kaync (Redjbechay, 79), Sxiri, Lyaystner (Terodde, 90), Katterbax (Modest, 60), Kordoba, Ut.

Fortuna – Kastenmayer, Yorgensen, Gisselmann, Xoffmann, Cimmermann, Tommi (Fink, 80), Morales, Skribski (Cimmer, 62), Shteger (Adams, 80), Karaman (Xennings, 73), Bodzek (Zobottka, 73).

Ogohlantirish: Zobottka (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia