Bundesliga. "Borussiya" "Volfsburg"ni ayab o'tirmadi

16 iyun 2020, 23:35
Germaniya chempionatining 32-turi doirasida musobaqa jadvalida yo'nma-yon ketayotgan (5-6) "Borussiya" (Myonxengladbax) va "Volfsburg" jamoalari o'zaro to'qnash keldi.

Ushbu o'yinda g'alaba qozonish orqali "Volfsburg" "Borussiya" bilan oradagi farqni qisqartirishi mumkin edi. Ammo bunga mezbonlar yo'l qo'yishmadi. Lars Shtindelning goli va Yonas Xofmanning dubli "Borussiya"ga g'alabani taqdim qildi.

Germaniya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

Borussiya M – Volfsburg 3:0

16 iyun, 21.30, "Borussiya-Park"

Gollar:

1:0 – 10 Xofmann, 2:0 – 30 Xofmann, 3:0 – 65 Shtindl.

Borussiya M – Zommer, Elvedi, Vendt, Ginter, Layner, Noyxaus (Dukure, 90), Xofmann, Kramer, Traore (Xerrmann, 72), Embolo (Benesh, 81), Shtindl (Bennetts, 90).

Volfsburg – Kastels, Pongrachich (Knoxe, 72), Mbabu, Bruks, Gerxardt (Gilavogi, 70), Shlager, Shteffen, Arnold (Brekalo, 60), Klaus (Marmush, 70), Joao Viktor (Ginchek, 70), Vegorst.

Ogohlantirishlar:

Pongrachich (29), Vegorst (63), Elvedi (73), Mbabu (82), Gilavogi (85).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia