Bundesliga. Blasisning dubli “Maync”ga uch ochko taqdim etdi

17 apr 2018, 02:37
Germaniya Bundesligasining 30-turidan o'rin olgan “Maync” hamda “Frayburg” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda mezbonlar De Blasisning dubli evaziga muhim 3 ochkoni qo'lga kiritishdi. Ushbu g'alabasi evaziga “Maync” turnir jadvalida “Frayburg” bilan o'rin almashib oldi. Ikkala jamoada ham 30tadan ochko bor. “Maync” 15, “Frayburg” esa 16-o'rinni egallab turibdi.

Germaniya chempionati. 30-tur

Maync – Frayburg 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 45, penalti De Blasis, 2:0 – 78 De Blasis.

Maync – Adler, Balogun, Diallo, Brosinski, Xak, Oztunali (Xoltmann, 85), Syerdar (de Yong, 80), De Blasis (Uja, 90), Latca, Kvayson, Gbamen.

Frayburg – Shvolov, Seyundjyu, Gulde, Kempf (Klyayndinst, 46), Kox (Shuster, 69), Xaberer, Xefler, Shtencel, Gyunter, Xeler (Kat, 77), Petersen.

Ogohlantirishlar: Xaberer (30), Gulde (56), Balogun (75).

O'xshash yangiliklar