Bundesliga. “Bavariya” yangi mavsumni odatiy natija bilan boshladi

19 sen 2020, 01:30
Germaniya Bundesligasining ilk turida amaldagi chempion “Bavariya” o'z maydonida “Shalke” bilan kuch sinashdi.

Maydon egalarining to'liq ustunligi ostida kechgan bahsda Flik shogirdlari raqiblari darvosiza javobsiz sakkizta gol kiritishga erishishdi.

Uchrashuv qahramoni Serj Gnabri bo'ldi. U mehmonlar darvozasiga uchta gol urib, xet trik qayd etdi. Shuningdek, jamoa safida debyut o'yinini o'tkazgan Leroy Sane ham myunxenliklar safida gollari hisobni ochdi. Myuller, Levandovski, Gorecka va Musiala ham mavsumning ilk o'yinidayoq o'z gollarini rasmiylashtirishdi.

Bundesliga, 1-tur.

Bavariya – Shalke 8:0 (3:0, 5:0)

Gollar: 1:0 – 4 Gnabri, 2:0 – 19 Goretcka, 3:0 – 31, penalti Levandovski, 4:0 – 47 Gnabri, 5:0 – 59 Gnabri, 6:0 – 69 Myuller, 7:0 – 71 Sane, 8:0 – 81 Musiala.

Bavariya – Noyer, Pavar, Zyule, Lyuka Ernandes, Boateng (Richards, 73), Gnabri (Musiala, 73), Kimmix, Myuller (Zirkzee, 83), Goretcka (Tolisso, 51), Sane (Kyuizans, 73), Levandovski.

Shalke – Fermann, Kabak, Ochipka, Stambuli, Xarit (Bekker, 79), Rudi, Bentaleb, Syerdar (Shopf, 30), Matondo (Raman, 66), Pasiensiya (Skribski, 79), Ut.

Ogohlantirish: Kabak (30), Kimmix (65), Stambuli (82).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia