

Mazkur bahsda musobaqaning amalda chempioni Gelzenkirxen jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. "Bavariya" futbolchilari "Shalke" darvozasiga javobsiz 5 gol yo'lladi. Ushbu tur doirasidagi "Leyptsig"ning muvaffaqiyatsizligidan so'ng myunxenliklar o'zlari uchun ajoyib imkoniya hosil qilishdi. Endi ularni birinchi o'rindagi "Leyptsig"dan atigi bir ochko ajratib turibdi.
Germaniya Bundesligasi musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.
Bavariya – Shalke 5:0
25 yanvar, 22.30, Alyanc-Arena
Gollar:
1:0 – 6 Levandovski, 2:0 – 45 Myuller, 3:0 – 50 Goretcka, 4:0 – 58 Alkantara, 5:0 – 89 Gnabri.
Bavariya – Noyer, Pavar, Alaba, Boateng, Kimmix, Alkantara (Koutino, 62), Devis, Goretcka (Tolisso, 78), Perishich (Gnabri, 68), Levandovski, Myuller.
Shalke – Shubert, Kabak, Nastasich, Ochipka, Kenni (Makkenni, 80), Kalidjuri, Xarit, Gregorich (Kutudju, 57), Maskarel, Matondo (Bujelyab, 57), Syerdar.




