Bundesliga: "Bavariya" peshqadamlikni mustahkamladi, qolganlar esa kutilmaganda ochko yo'qotishdi

4 dek 2017, 12:35
Germaniya chempionatining 14-turi yakunlandi.

Ushbu turda bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi.

O'tgan hafta "Bavariya" Myonxengladbaxda ochko yo'qotganidan keyin turnir jadvalining yuqori qismida raqobat ancha qaynagandi.

"Bavariya" bu turda o'z uyida "Gannover"ni ishonchli tarzda mag'lub etdi va peshqadamlikni mustahkamladi. Raqobatchilari "Leyptsig", "Shalke" hamda ikkala "Borussiya"ning ochko yo'qotishi natijasida oradagi farq yana avvalgi holatiga qaytdi.


Autsayder "Kyoln" esa bu turda Gelzerkirxenda durang o'ynadi. Hali g'alaba tamini tatib ko'rmagan "Kyoln" "Shalke" bilan uchrashuvdan keyin bosh murabbiy Peter Shtogerni iste'foga chiqardi.

Bundesliga to'purari bo'lib turgan Robert Levandovski bu o'yinda ham maydonni golsiz tark etmadi.
Polshalik hujumchi belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi va gollari sonini 14taga etkazdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia