Bundesliga. Myunxendagi o'yinda 3ta gol urildi

Eldor Akmurzayev
13 iyun 2020, 23:25
Germaniya chempionati 31-tur bahslari davom etadi.

Kuchli uchlikka kirish uchun harakat qilayotgan "Borussiya M" uchbu turda musobaqa karvonboshisining mehmoni bo'ldi. Mazkur bahsni "Bavariya"ning bir qator yetakchilari o'tkazib yubordi. Shunga qaramay, myunxenliklar o'z maqsadlariga erishishdi. O'yinda hisob mezbonlarning iqtidorli hujumchisi Zirkzee tomonidan ochildi. 37-daqiqada fransiyalik Benjemin Pavar o'z darvozasini ishg'ol qilib  qo'ydi - 1:1. O'yin oxirlab qolgan bir pallada Leon Gorecka tarvozi pallasini yana "Bavariya" tomonga tosh bosishini taminladi.

Bavariya – Borussiya M 2:1 

13 iyun, 21.30, "Alyanc-Arena"

Gollar:

1:0 – 26 Zirkzee, 1:1 – 37, avtogol Pavar, 2:1 – 86 Goretcka.

Bavariya – Noyer, Alaba, Pavar, Boateng, Kimmix, Perishich, Gnabri, Kyuizans (Koman, 62), Goretcka, Lyuka Ernandes (Devis, 62), Zirkzee (Vridt, 77).

Borussiya M – Zommer, Elvedi (Yanchke, 46), Bensebayni, Layner, Ginter, Noyxaus, Xofmann, Kramer, Xerrmann (Vendt, 70), Tyuram (Embolo, 10; Benesh, 83), Shtindl.

Ogohlantirishlar:

Bensebayni (45), Layner (69).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia