

11-daqiqada Benjamin Sheshko hisobni ochdi. U myunxenliklar darvozaboni Yonas Urbigning darvozadan chiqib kyetib, toyib ketganidan so'ng uzoq masofadan bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi. Lukas Klostermann jarima zarbasidan so'ng 39-daqiqada gol urdi.
Ikkinchi bo'limda "Bavariya" ikki daqiqa ichida ikkita gol urdi: Erik Daer Olisaning uzatmasini 62-daqiqada, Olisaning o'zi esa 63-daqiqada gol urdi. 83-daqiqada Leroy Sane mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, Yusuf Poulsen 94-daqiqada hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa, chempionlik uchun bugungi o'yinda g'alaba talab etilgan "Bavariya" bu masalani keyingi turga qoldiradigan bo'ldi.



