Bunday golni boshqa ko'rmaysiz (VIDEO)

Aslanov Jasurbek
23 may 2018, 11:13
Irlandiyaning ikkinchi darajali ligasi o'yinida ajoyib gol urildi.

"Kabintili" va "Goluey Yunayted" o'rtasidagi bahsning 89-daqiqasida mehmonlar posboni Tadg Rayan to'pni qo'liga oldi va oyoq kiyimini boylash uchun to'pni erga tashladi. Bir necha soniyadan so'ng darvozabon yana uni ushlab oldi, ammo futbol qoidalariga ko'ra, bu qoidabuzarlik hisoblanadi. Raqib jamoa futbolchilari tezda to'pni o'yinga kiritishdi va bo'sh darvozani ishg'ol qilishdi.

O'yin 2:1 hisobida "Goluey Yunayted" g'alabasi bilan yakunlandi.

TAS-IX



TAS-IX emas


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia