Bum! Shomurodovga Turkiya chempioni qiziqyapti

7 avg 2022, 18:47
Hamyurtimiz faoliyatini turk Superligasida davom ettirishi mumkin.

Italyan manbalarida "Roma"da to'p tepayotgan hujumchi faoliyatini "Bolonya"da davom ettirishi aytilayotgan edi. Biroz avval "Sabah" gazetasi tarqatgan ma'lumotga ko'ra, Eldor Shomurodovga "Trabzonspor" klubi qiziqib qolgan.

Aytishlaricha, turklar allaqachon "Roma" bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan. Trabzonliklar rahbari Ahmet Agaoglu 27 yoshli Eldorni ijaraga olmoqchi.

Ma'lumot uchun, Abdullah Avji boshchiligidagi "Trabzonspor" Turkiyaning amaldagi chempioni hisoblanadi. "Qoradengiz to'foni" yangi mavsumni ham g'alaba bilan boshladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia