

Sherzod Igamberdiev o'z Instagram sahifasida yozishicha, MTJ Jahon chempionati startidan oldin JCH-2026 mezbon mamlakati bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
"1-iyunda esa JCH-2026 mezbon terma jamoalarining biri bilan o'ynaymiz. Kelishuv imzolanib ham bo'lgan. Muhimi, mundialda ushbu terma jamoa bilan bir guruhdan joy olmasak bo'lgani," - deya yozmoqda Sherzod Igamberdiev ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridan birida.




