BUM! Keyingi mavsum Leo Messi "Barselona"ga qaytadi

Omonjon To`xtamirzayev
25 fev 2025
Keyingi mavsum Lionel Messi "Barselona"ga qaytadi, deb xabar bermoqda argentinalik jurnalist Aleks Kandal.

Aynan Aleks Kandal birinchi bo'lib Messining PSJdan "Inter Mayami"ga ko'chib o'tishini e'lon qilgandi. Jurnalistning so'zlariga ko'ra, Messi yangi "Kamp Nou"da o'ynamasdan faoliyatini yakunlash niyatida emas. Katta ehtimol bilan futbolchi 2025 yil oxirida MLSda mavsum yakunlangach, bir necha oyga ijara asosida Ispaniyaga qaytadi va orzusini amalga oshiradi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Алекс Кандал "Твиттери"