Bugungi tadbir. Ermatov jamoasi Xirosima-1994 qahramonlarini mag'lub etdi

Tolibjon Qosimov
31 may 2016, 19:19
Bugun "O'zbekiston" sport majmuasida katta futbol bayrami o'tkazildi.

2006 yilda tavallud topgan bolalar o'rtasidagi turnir finalidan so'ng maydonga Azamat Abduraimov boshchiligidagi Xirosima-1994 qahramonlari hamda Ravshan Ermatov jamoasi chiqib keldi. Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami jamoasi tarkibida futbol hakamlari, jurnalistlar, shou-biznes vakillari va Madaniyat va Sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedovlar to'p tepishdi. Xirosima-94 qahramonlari tarkibida esa 1994 yilgi chempionlar, Madaniyat va Sport ishlari vazirining Sport ishlari bo'yicha birinchi o'rinbosari Murod Aliev, shou-biznes vakillari va saytimiz rahbari Nodirxo'ja Yuldashevlar to'p tepishdi.

Qiziqarli kurashlarga boy o'tgan bellashuv 4:4 hisobida o'z yakuniga etdi. Jamoalar g'olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi. Unda Ermatov jamoasi 10:5 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdan keyin eng yaxshilarga maxsus sovrin va esdalik sovg'alari topshirildi.

O'rtoqlik uchrashuvi
31.05.2016

A.Abduraimov j.si - R.Ermatov j.si 4:4 (pen. 5:10)



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia