Bugungi Klasiko haqida nimalarni bilish kerak? (prevyu)

Og'abek Samisov
28 okt 2023, 12:27
Bugun, 28 oktyabr kuni La Liganing 11-turi doirasida "Barselona" - "Real Madrid" uchrashuvi o'tkaziladi.

O'yin 49 472 nafar muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladigan "Estadio Olímpico" stadionida bo'lib o'tadi. Bahsni Xesus Xil Mansano boshqarib boradi.

Turnir jadvalidagi holat

Kecha "Jirona"ning "Selta" ustidan qozongan g'alabasidan so'ng jamoa La Ligada peshqadam bo'lib turibdi 28 ochko bilan. 

"Real"da 25 ochko, 2-o'rin, "Barsa"da esa 24 ochko, 3-o'rin. Agar bugun mardidliklar g'alaba qozonsa yana peshqadamlikka qaytadi, kataloniyaliklar esa "Atletiko Madrid"dan ham ortda qolishi mumkin (Madridning ikkinchi klubi bitta zaxira o'yin bor).

Kimlar maydonga tushmaydi?

"Barselona" safida Kunde, Pedri va Serji Robertolar maydonga tushmaydi, de Yong va Levandovskilar so'roq ostida. Jamoa qaydnomasini e'lon qilmadi. 

"Real" safida esa Sebalos, Kurtua, Guler, Militao o'yinni o'tkazib yuborishi aniq. Jamoa qaydnomani e'lon qilib ulgurdi.

Taxminiy tarkiblar

"Barselona": 1. Mark-Andre ter Shtegen, 2. Joau Kanselu, 4. Ronald Arauxo, 15. Andreas Kristensen, 3. Alexandro Balde, 32. Fermin Lopes, 18. Oriol Romeu, 6. Gavi, 22. Ilkay Gyundogan, 7. Ferran Torres, 14. Juan Feliks.

"Real Madrid": 25. Kepa Arrisabalaga, 2. Daniel Karvaxal, 22. Antonio Ryudiger, 4. David Alaba, 23. Ferlan Mendi, 15. Federiko Valverde, 18. Orelen Tchuameni, 8. Toni Kroos, 5. Jud Bellingem, 11. Rodrigo, 7. Vinisius Junior.

Tarixga nazar

Bugungi kunga qadar ikki jamoa o'rtasida jami 254 ta rasmiy uchrashuv o'tkazilgan. Shundan 102 tasida madridliklar, 100 tasida kataloniyaliklar g'olib bo'lishgan. Yana 52 ta bahs durang bilan yakunlangan.

Murabbiylar fikri

Xavi: "Har ikki jamoada ham sharoit bir xil. Bu 50ga 50 degani. Favorit xech qachon bo'lmaydi. Oldindan nimadir deyin qiyin. Tajribamdan kelib chiqsak, "el klassiko"da xech narsani oldindan aytib bo'lmaydi".

Anchelotti: "Jamoamda motivaciya yuqori. Bu muhim bahs – mavsumdagi birinchi klasiko. Hali 2-davrada javob o'yini bo'ladi, Superkubok, kubok, hattoki Chempionlar ligasida ham uchrashishimiz mumkin. Birinchi bahsga yaxshi holatda yetib keldik".

Prognoz

Ko'plab ekspertlar bugungi uchrashuv jangovar kechishi va yakunda durang natija qayd etilishini taxmin qilmoqda. Ayrimlari esa "Real"ning g'alabasini prognoz qilgan.

O'xshash yangiliklar


Og'abek SamisovMuallif
Manba: championat.asia