Bugun U-23 Osiyo chempionati start oladi

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2020, 11:13
Bugun Tailandda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida hisob bo'yicha 4-Osiyo chempionati boshlanadi.

Dastlabki kunda "A" guruhi jamoalari o'zaro o'yin o'tkazishadi. Toshkent vaqti bilan soat 15:15da Iroq hamda Avstraliya terma jamoalari musobaqadagi ilk uchrashuvni boshlashadi. 

Musobaqa mezboni Tailand ilk turda esa Bahrayn bilan bellashadi. Bu o'yin Toshkent vaqti bilan soat 18:15da boshlanadi.



U-23 Osiyo chempionati
"A" guruhi, 1-tur
Iroq - Avstraliya
8 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Tammasat" stadioni. 15:15 (Toshkenti vaqti)
Bosh hakam:
Fu Ming (Xitoy)
Qanot hakamlari: Shi Siang va Kao Yi (ikkalasi Xitoy)
To'rtinchi hakam: Xettikankanamge Dilan Perera (Shri-Lanka)
VAR hakami: Ma Ning (Xitoy)
VAR yordamchi hakami: Liu Kvok Man (Gonkong) va Ko Xyung Jin (Janubiy Koreya)

Tailand - Bahrayn
8 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Rajamangala" stadioni. 18:15 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)
Qanot hakamlari: Xiroshi Yamauchi va Jun Mixara (ikkalasi Yaponiya)
To'rtinchi hakam: Ahmad Abu Bakar Said Al Kaf (Ummon)
VAR hakami: Xiroyuki Kimura (Yaponiya)
VAR yordamchi hakamlar: Iida Jumpey va Tojo Minoru (ikkalasi Yaponiya)


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi musobaqadagi dastlabki o'yinni 9 yanvar kuni Eronga qarshi o'tkazadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 15:15da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia