Bugun U-19 terma jamoamizning o'rtoqlik o'yini bor

Narzulla Saydullayev
31 mar 2014
Toshkentda o'quv-yig'in mashg'ulotini o'tkazayotgan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bugun “Bunyodkor” o'rinbosarlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Xabaringiz bor, bu jamoani shu paytgacha Aleksey Evstafeev boshqarib kelayotgandi, biroq murabbiy o'z xohishiga binoan ishdan ketdi va o'rniga Sergey Lushan bosh murabbiy etib tayinlandi.

O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoamiz shu yilning kuzida Myanmada bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Musobaqada kuchli to'rtlikdan joy olgan jamoalar jahon chempionatiga yo'llanma olishadi. Bu jamoamiz oldiga kuchli to'rtlikka kirish vazifasi qo'yilishi turgan gap. Sergey Lushan allaqachon eng shimarib ishni boshlab yuborgan bo'lsa-da, hali rasmiy ravishda keng jamoatchilikka tanishtirilgani yo'q.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia