Bugun U-17 Osiyo kubogiga qur'a tashlanadi

Iskandarov Abdulaziz
23 yanv 2025
Bugun Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida U-17 Osiyo kubogiga qur'a tashlash marosimi o'tkaziladi.

Marosim Toshkent vaqti bilan soat 12:00da boshlanadi. Qur'ada jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo'lib, O'zbekiston U-17 terma jamoasi 2-savatchadan o'rin olgan:


1-savatcha

Saudiya Arabistoni (musobaqa mezboni)

Yaponiya

Koreya Respublikasi

Eron


2-savatcha

Avstraliya

Yaman

O'zbekiston

Tojikiston


3-savatcha

Tailand

Vetnam

O'mon

Afg'oniston


4-savatcha

Xitoy

Indoneziya

KXDR

BAA

Ma'lumot o'rnida, OFK jamoalarni savatchalarga ajratishda so'nggi uchta Osiyo kubogida (Hindiston-2016, Malayziya-2018 va Tailand-2023) erishilgan natijalarni hisobga olgan.

Mazkur musobaqa Qatarda bo'lib o'tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o'tab beradi. Musobaqaning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2025-yilgi o'smirlar o'rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати