Bugun Toshkentda U23 Osiyo kubogiga qur'a tashlanadi

Aziz Tukhtamuradov
17 fev 2022, 09:03
Shu yilning 1-19 iyun kunlari O'zbekiston U23 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi.

Mazkur nufuzli turnirning rasmiy qur'a tashlash marosimi ham aynan mamlakatimizda o'tkaziladi. Qur'a tashlash jarayoni bugun, 17 fevral kuni soat 12:00 da Bunyodkor stadionida boshlanadi. Marosimda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga saralanadi.

Musobaqa mezboni O'zbekiston U23 terma jamoasi 1-savatchaga joylashadi. Shuningdek, ushbu savatchadan Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va Avstraliya ham o'rin olgan.

Qur'a savatchalari:

1-savatcha

O'zbekiston

Janubiy Koreya

Saudiya Arabistoni

Avstraliya


2-savatcha

Iordaniya

Tailand

BAA

Eron


3-savatcha

Iroq

Qatar

Vetnam

Yaponiya


4-savatcha

Tojikiston

Malayziya

Kuvayt

Turkmaniston.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia