Bugun tongda MTJ tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
22 dek 2014, 14:17
Rejaga ko'ra, kecha o'yin bo'lib o'tganligi sabab, 22 dekabr kuni faqat bir mahal mashg'ulot o'tkazilinadi.
U ham bo'lsa, yakuniga yetib bo'ldi. Soat 10:00da "Al Vasl" jamoasining basketbol arenasida joylashgan trenajer zalida futbolchilarimiz 1 soat davomida ishladilar. Shundan so'ng yashil maydonda 15 daqiqaga yaqin vaqt davomida chopib, ortga qaytdilar.

Kechqurun hamma birgalikda, "Al Shabab" - "Al Ayn" o'yinida Aziz Haydarovga muxlislik qilish uchun stadionga boradi.




60-o'yinini o'tkazib qo'ygan Anzur Ismoilov, Shavkat Mullajonovga, "o'rgan student" deyapti




Sanjar Tursunov esa 15 kg toshni boshiga qo'yib ko'taryapti.




Eldorniki biroz og'irroq, 35 kg.


Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia