Bugun Server Jeparov o'ynayotgan "Istiqlol" o'yin o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
24 dek 2017, 12:46
Bugun Eron Pro-ligasida 16-turdan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tadi.

O'zbekistonlik Server Jeparov faoliyat olib borayotgan Tehronning "Istiqlol" klubi o'z maydonida "Sanat Naft Abadan"ni qabul qiladi. Mazkur o'yin "Istiqlol" uchun 2017 yilda o'z uyidagi eng so'nggi bahs bo'ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:55da boshlanadi.

"Istiqlol" 15ta o'yindan 20 ochko to'plab musobaqa jadvalining 9-pog'onasida bormoqda.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia