Bugun Ravshan Haydarov Osiyoning eng yaxshi murabbiyi bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
28 noya 2018, 09:24
Bugun Ummon poytaxti Maskat shahrida Osiyoning 2018 yildagi eng yaxshilarini aniqlash marosimi bo'lib o'tadi.

Marosim Toshkent vaqti bilan soat 20:00da Maskat shahridagi Ummon ko'rgazmalar va konferenciyalar markazida bo'lib boshlanadi.
 
Avvalroq, Osiyo futbol konfederatsiyasi 2018 yilning eng yaxshilari bo'lishga nomzodlarni e'lon qilgandi. E'tiborlisi, ushbu ro'yxatda hamyurtimiz ham bor. Joriy yilning yanvar oyida Xitoyda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasini g'olibga aylantirgan Ravshan Haydarov "Yilning eng yaxshi murabbiyi" nominaciyasida ishtirok etmoqda.
 
Osiyoda 2018 yilning "Eng yaxshilari" bo'lishga nomzodlar ro'yxatini yana bir bor eslatib o'tamiz:

 
"Yilning eng yaxshi erkak futbolchisi" nominaciyasiga nomzodlar

Kento Misao ("Kashima Antlers", Yaponiya)
Yuma Suzuki ("Kashima Antlers", Yaponiya)
Abdulkarim Hassan ("Al-Sadd", Qatar)
 
"Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi" nominaciyasiga nomzodlar

Samanta Kerr (Avstraliya)
Van Shuan (Xitoy)
Saki Kumagay (Yaponiya)
 
"Yilning eng yaxshi futzalchisi"

Rafael Xenmi (Yaponiya)
Ali Ashgar Hasanzoda (Eron)
Maxdi Javod (Eron)
 
"Yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi"

Fuka Nagano (Yaponiya)
Moeka Minami (Yaponiya)
Saori Takarada (Yaponiya)
 
"Yilning eng yaxshi yosh erkak futbolchisi"

Yun Nishikava (Yaponiya)
Chon Se Jin (J.Koreya)
Turkiy Al Ammar (S.Arabistoni)
 
"Yilning eng yaxshi ayol murabbiyi"

Asako Takakura (Yaponiya)
Miyo Okamoto (Yaponiya)
Nuengrutai Sratongvian (Tailand)
 
"Yilning eng yaxshi erkak murabbiyi"

Bosim Hamdan (Iroq)
Go Oiva (Yaponiya)
Ravshan Haydarov (O'zbekiston)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz