Bugun "Qo'qon-1912" va "Buxoro" jamoalari qaysi libosda maydonga tushishlari ma'lum

Tolibjon Qosimov
22 may 2018, 10:27
Bugun Superliga 12-turidan o'rin olgan oxirgi ikkita uchrashuv bo'lib o'tadi.

Qo'qondagi "Markaziy" stadionda "Qo'qon-1912" – "Buxoro" o'yinidan oldingi yig'ilish bo'lib o'tdi. Bu haqda qo'qonliklar matbuot xizmati xabar berdi.

Yig'ilishda har ikki jamoa vakillari va uchrashuv komissari Sardor Qudratullaevlar ishtirok etishdi va o'yin oldi jarayonlari hamda jamoalar bugun qanday rangdagi liboslarda maydonga tushishlari borasida kelishib olishdi.



Unga ko'ra, bugungi bahsda mezbonlar "Qo'qon-1912" jamoasi oq rangli formalarda, darvozabon qizil-qora libosda maydonga tushadi. Mehmonlar "Buxoro" futbolchilari esa to'q ko'k rangli liboslarda maydonga tushadigan bo'lishdi. Darvozabon esa jigarrang formada maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: kokand1912.uz