Bugun Pro ligaga o'tish o'yini o'tkaziladi

Sherzod Nurmatov
30 noya 2023
Birinchi ligada g'olib chiqqan "Yangier" klubi 2024 yilgi mavsum Pro liga yo'llanmasi uchun Birinchilik kubogini qo'lga kiritgan "Bunyodkor farm" jamoasi bilan to'qnash keladi.

Mazkur bellashuv avval e'lon qilinganidek, bugun bo'lib o'tadi. 15:00 da start oladigan uchrashuvga "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladi.

Pro ligaga o'tish o'yini

30 noyabr, payshanba

15:00. BUNYODKOR FARM – YANGIER

Toshkent. "Bunyodkor" stadioni


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia