Bugun Pro-ligada 18-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Farg'onada markaziy o'yin bor

Narzulla Saydullayev
12 sen 2021, 10:30
Bugun Pro-liganing 18-tur doirasida uchta uchrashuv bo'lib o'tadi.

Xorazm klubi o'z maydonida oxirgi turlarga kelib natijalarini yaxshilab olgan Yangierni qabul qiladi. Mavsumni 5-o'rinda tugatishni rejalashtirayotgan Aleksandr Ejov jamoasiga ushbu o'yinda oson bo'lmaydi. Har holda Azamat Abduraimov iste'fosidan so'ng Yangier natijalari yaxshilandi. Darvoqe, bugun Xorazm yetakchi futbolchilaridan biri Saidjamol Davlatjonov jamoasiga yordam bera olmaydi. Avvalgi turda futbolchi qizil kartochka bilan olgandi.

Samarqandda Dinamo klubini qiyin o'yin kutmoqda. Bugungi raqib Olimpik jamoasi hisoblanadi. Temur Kapadze shogirdlari asosan yosh futbolchilardan iborat bo'lsa-da, Pro-ligada har qanday jamoaga jiddiy qarshilik ko'rsatmoqda.

Neftchi esa Buxoroni qabul qiladi. Turning markaziy uchrashuvi deyish mumkin. Bu o'yinda Ilhom Mo'minjonov jamoasini faqat g'alaba qoniqtiradi. O'z navbatida Buxoroga g'alaba juda zarur. Aks holda buxorolik muxlislar orasida Usmon Toshevga nisbatan ishonchsizlik paydo bo'la boshlaydi.


Pro liga. 18-tur
12 sentyabr, yakshanba
17:15 - XORAZM – YANGIER

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Jasur Rustamov, Amal Sultonov
Nazoratchi: Isxax Ibragimov
Komissar: Rustam Zuparov

18:20 - DINAMO – OLIMPIK
Hakamlar:
Doston Mirzaraimov, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov
Nazoratchi: Rustam Bobomurodov
Komissar: Bekzod Aripov

18:20 - NEFTCHI – BUXORO
Hakamlar:
Asker Najafaliev, Husniddin Baxodirov, Oybek Kalaxo'jaev
Nazoratchi: Andrey Tambovcev
Komissar: Aleksandr Davidenko.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia