Bugun "Paxtakor" Turkiya uchinchi ligasi ishtirokchisi bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2018, 08:40
Turkiyada yig'in o'tkazayotgan "Paxtakor" bugun, 7 yanvar kuni birinchi nazorat o'yinini o'tkazadi.

Birinchi bellashuv Turkiya uchinchi ligasi ishtirokchisi "Turgutluspor" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanishi mo'ljallangan.
Futbolchilar esa murabbiylar shtabi boshchiligida kundalik mashg'ulotlar orqali jismoniy holatni yaxshilash ustida ishlashmoqda. Nazorat bellashuvlari yordamida jamoaviy o'yinni shakllantirishga e'tibor qaratiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz