Bugun O'zbekiston U-20 terma jamoasi koreyalik raqiblarga qarshi o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
5 noya 2022, 09:25
O'zbekiston U-20 terma jamoasi shu kunlarda Toshkentda yig'in o'tkazmoqda.

Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan terma jamoamiz mazkur yig'in doirasida bugun Koreya Respublikasi U-20 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 

Uchrashuv soat 15:00da poytaxtimizdagi "Lokomotiv" stadionida boshlanadi. 


Eslatib o'tamiz, bosh murabbiy Ravshan Haydarov mazkur yig'inga quyidagi futbolchilarni jalb etgan: 

Darvozabonlar - Otabek Boymurodov ("Paxtakor"), Humoyunshox Sayyotov ("Metallurg"), Asrorbek Kenjaev ("Chig'atoy")

Himoyachilar - Diyor Ortiqboev ("Paxtakor"), Izzatillo Pulatov ("Turon"), Mirkomil Abdurazzoqov ("Metallurg"), Saidafzalxon Axrorov ("Turon"), Sunnatilla Poyonov ("Paxtakor"), Javohir O'tamurodov ("Nasaf"), Shohruh Muxsinov ("Bunyodkor"), Jahongir O'rozov ("Bunyodkor")

Yarim himoyachilar - Behruz Asqarov ("Paxtakor"), Sherzod Esanov ("Andijon"), Kim Vladimir ("Astoriya Uoldorf", Germaniya), Shahzod Rahmatullaev ("Olimpik"), Aziz Xolmurodov ("Olimpik"), Shahzod Nematjonov ("Metallurg"), Nodir Abdurazzoqov (AGMK), Xislat Xalilov ("So'g'diyona"), Shahzod Akramov ("Nasaf")

Hujumchilar - Shahriyor Jabborov ("Paxtakor"), Po'latxo'ja Xoldorxonov ("Olimpik"), Asad Jo'raboev ("Navbahor")

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia