Bugun O'zbekiston terma jamoasi "Metallurg" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
24 iyul 2014, 12:23
Bugun Inchondagi Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasi "Metallurg" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa o'tgan kuni "Navbahor"ni 5:1 hisobida taslim qilgandi.

"Metallurg"ga qarshi o'yin ham "Jar" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs soat 19:00da boshlanadi.

Ushbu jamoaning barcha o'rtoqlik uchrashuvlari:
22 iyul - "Navbahor" 5:1
24 iyul - "Metallurg"
26 iyul - "Paxtakor"
28 iyul - "Olmaliq"

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia