Bugun O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyada ikkinchi nazorat o'yini o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
21 fev 2019
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi shu kunlarda Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida o'quv mashg'ulot yig'ini o'tkazayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

17 fevral kuni Lyubinko Drulovich shogirdlari "La Finca" stadionida Shveytsariyaning "Delemon" klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazib, 2:2 hisobida durang qayd etishgandi.
 
Bugun terma jamoamiz Ispaniyadagi ikkinchi nazorat o'yinida maydonga tushadi. Vakillarimiz "Pinatar" stadionida "Lokomotiv Tbilisi" jamoasi bilan kuch sinashishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Terma jamoa murabbiylar shtabi yig'in davomida futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga asosiy e'tiborni qaratmoqda.
 
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida kelasi yil Tailandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralashida qatnashadi. Saralash bahslari Toshkentda o'tkazilib, terma jamoamiz a'zolari Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz