Bugun Osiyo chempionlar ligasi finali

Narzulla Saydullayev
21 noya 2015, 10:17
Bugun 2015 yilgi Osiyo chempionlar ligasi g'olibi aniq bo'ladigan kun.

Xitoyda "Guanjou Evergrand" va BAAning "Al Ahli" klublari bosh sovrin uchun maydonga tushishadi. BAAda o'tgan birinchi o'yinda darvozalarga to'p kiritilmagan edi.

Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadigan javob uchrashuvini FIFA hakami, o'zbekistonlik Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.

"Guanjou Evergrand" - "Al Ahli"
21 noyabr 2015. Guanjou. "Tianxe" stadioni
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Abdulhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov (ikkisi O'zbekiston)
Zaxira hakami: Valentin Kovalenko (O'zbekiston)
Dastlabki o'yin: 0:0

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia