Bugun Oltin to'p-2013 sohibi aniqlanadi

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2014, 09:07
Bugun Cyurixda 2013 yilning eng yaxshi futbolchisiga Oltin to'pni topshirish marosimi bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, FIFA tomonidan topshiriladigan bu sovringa uchta futbolchi da'vogarlik qilmoqda – Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu, Bavariya yarim himoyachisi Frank Riberi va Barselona hujumchisi Lionel Messi.

Toshkent vaqti bilan 23.00da boshlanadigan tadbirda yil murabbiyi, yil ramziy terma jamoasi, 2013 yilning eng chiroyli goli aniqlanadi.

Oldinroq Oltin to'p-2013ni Krishtianu Ronaldu olishi haqida xabarlar chiqqandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru