Bugun O'FA 10ta nominaciyada eng yaxshilarni taqdirlaydi

Narzulla Saydullayev
24 dek 2019, 11:24
Bugun Toshkentdagi "Zarafshon" zalida yilning eng yaxshilari aniqlanadi.

Unda quyidagi nominaciyalarda eng yaxshilar taqdirlanadi:

- O'zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi
- O'zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi
- O'zbekistonda yilning eng yaxshi hakami
- O'zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi;
- O'zbekiston chempionatining eng yaxshi murabbiyi;
- O'zbekiston chempionatining eng chiroyli goli;
- Coca-Cola Superliga-2019 to'purari;
- O'zbekiston chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi;
- O'zbekiston chempionatining eng yaxshi ayol futbolchisi;
- O'zbekiston chempionatining eng yaxshi futzalchisi.

Qolaversa, sizni bir qator syurprizlar ham kutmoqda! Taqdirlash marosimini soat 16:30 dan e'tiboran SPORT TV orqali jonli efirda tomosha qiling.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz