

Bugun kun tartibidan ikkita o'yin o'rin olgan. BAAning "Al Vahda" klubi o'z maydonida Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubini qabul qilsa, Qatar poytaxti Dohada "Zobahan" - "Al Ittihod" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Ar Riyod shahridagi "Qirol Fahd" stadionida bo'lib o'tgan bellashuvda "Al Nasr" - "Al Vahda" qarama-qarshiligi 1:1 hisobida yakun topgandi. Bugun Abu Dabidagi "Al Nahyan" stadionida yanada qiziq bellashuv kechishi kutilmoqda. O'yin bizning vaqt bilan 20:40da start oladi.
Saudiya Arabistonining boshqa bir jamoasi "Al Ittihod" mezbon sifatida "Zobahan" bilan bir hafta oldin Dubayda kuch sinashgandi. Javob uchrashuvi sifatida Doha tanlandi va bunda "Zobahan" mezbon bo'lib o'ynaydi. Bu uchrashuv 00:00ga belgilangan. Birinchi o'yinda saudiyaliklar 2:1 hisobida zafar quchishgan.
Bugun bo'lib o'tadigan ikki uchrashuvdan so'ng chorak finalga yo'l olgan ikkita jamoa nomi ma'lum bo'ladi.



