Bugun “Lokomotiv”ga bir qator yetakchilar yordam bera olishmaydi

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2017, 14:12
Bugun “Lokomotiv” milliy chempionatimiz 14-tur o'yinlari doirasida “Dinamo”ga qarshi bahs olib boradi.

Takidlash joizki, mazkur uchrashuvda jamoamizga bir qator yetakchi futbolchilar yordam bera olishmaydi. Jumladan, Diyor Turopov, Islom To'xtaxo'jaev hamda Marat Bikmaevda jarohat bor ekani sabab ushbu futbolchilar bugungi bahsni o'tkazib yuborishadi. Qolaversa, sariq kartochkalari to'planib qolgani sababli Jaloliddin Masharipov ham “Dinamo”ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi.

Eslatib o'tamiz, “Lokomotiv” – “Dinamo” qarama-qarshiligi soat 19:00da “Lokomotiv” stadionida start oladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia