Bugun "Lokomotiv" o'zbek futboli uchun tarixiy natija qayd etishi mumkin

Alisher
21 yanv 2020, 13:09
Agar "Lokomotiv" bugun Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichida Tojikistonning "Istiqlol" klubini mag'lub etsa, bu o'zbek klublarining OCHLdagi 100-g'alabasi bo'ladi.

Bu haqda taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'zining Telegramdagi kanalida ma'lum qildi.

Bugun "Lokomotiv" va "Istiqlol" (Dushanbe) jamoalari o'rtasidagi o'yin bilan OFK Chempionlar Ligasi O'zbekistonga qaytadi.

Bu o'yin milliy futbolimiz uchun tarixiy vaziyatga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarga ega. "Lokomotiv"ning g'alabasi (penaltilar seriyasi emas) 2002 yildan so'ng isloh qilingan musobaqadagi yubileyi bo'ladi. Bu O'zbekiston klublarining Chempionlar Ligasidagi 100-g'alabasi bo'ladi.

Klublarning 99ta g'alabaga qo'shgan hissalari quyidagicha:

43 - "Paxtakor"

27 - "Bunyodkor"

9 - "Neftchi"

9 - "Lokomotiv"

8 - "Nasaf"

2 - "Mashal"

1 - AGMK


Chempionlar Ligasidagi ilk g'alabani O'zbekiston uchun "Paxtakor" qo'lga kiritgan, jamoa Iordaniyaning "Al Vehdat" klubini 3:0 hisobida taslim qilgan.


Klublarimiz uchun boshqa yubiley g'alabalar:

10 - "Paxtakor" - "Al Talaba" 3-1 (2003)

20 - "Neftchi" - "Al Axli" 3:0 (texnik, 2005)

30 - "Paxtakor" - "Quvayt SK" 2:1 (2007)

40 - "Al Axli" - "Paxtakor" 1:2 (2009)

50 - "Al Ayn" - "Paxtakor" 0:1 (2010)

60 - "Al Arabi" - "Paxtakor" 0:1 (2012)

70 - "Al Jaish" - "Bunyodkor" 1:2 (2014)

80 - "Lokomotiv" - "Sepaxon" 1:0 (2016)

90 - "Nasaf" - "Al Sadd" 1:0 (2018)

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: t.me/ANikimbaev