Bugun “Lokomotiv” chempionlik yo'lidagi navbatdagi o'yinini o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
3 noya 2017, 12:10
3-4 noyabr kunlari Oliy Ligada 27-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Tur doirasidan bir qator qiziqarli tarzda o'tishi kutilayotgan uchrashuvlar o'rin olgan bo'lib, ulardan birida musobaqa jadvali yakka peshqadami “Lokomotiv” Farg'onada “Neftchi” mehmoni bo'ladi.

Mazkur jamoalar shu paytgacha milliy chempionlarimiz doirasida 25 marta o'zaro to'qnash kelishgan. O'yinlarning 14tasida Lokomotiv, 7tasida Neftchi vakillari g'alaba qozonishgan. 4ta o'yinda esa g'olib aniqlanmagan – durang. To'plar nisbatidagi ustunlik ham O'zbekistonning amaldagi chempioni tomonida – 44-32.

Birinchi davradagi uchrashuv: 0:4 (Lokomotiv g'alaba qozongan)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz