Bugun "Jenoa" o'ynaydi, Shomurodov katta ehtimol bilan debyut qiladi

Alisher
19 okt 2020, 11:11
Bugun Italiya A Seriyasi 4-tur doirasidagi "Verona" va "Jenoa" o'yini bo'lib o'tadi.

Eldor Shomurodov bugungi o'yinda katta ehtimol bilan debyut qiladi. Ko'plab xorij saytlari, jumladan italyan nashrlari ham hamyurtimizning asosiy tarkibda tushishini kutmoqda.

"Verona" o'z uyida "Jenoa"ni qabul qiladi. Mezbonlar o'tgan 3 turdan so'ng 2ta g'alaba va 1ta mag'lubiyat qayd etishgan. Genuyaliklar hisobida esa 2ta o'yindan so'ng 3 ochko bor (1ta g'alaba va 1ta mag'lubiyat).

Eslatib o'tamiz, "Verona" - "Jenoa" o'yini Toshkent vaqti bilan soat 23:45da start oladi.


ITALIYA A SERIYASI TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia