Bugun Jaloliddin Masharipov uzoq tanaffusdan so'ng maydonga qaytishi mumkin!

Sherzod Nurmatov
16 dek 2022
Bugun, 16 dekabr kuni Saudiya Arabistoni chempionati 9-turi doirasidagi "Al Raid" – "Al Nassr" bahsi o'tkaziladi.

Unda O'zbekiston terma jamoasi yetakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov to'p tepadigan "Al Nassr" klubi mehmonda "Al Raid" bilan bellashadi. 

20:00 da boshlanadigan uchrashuvda uzoq tanaffusdan keyin yana safga qaytgan Masharipov yashil maydonda ko'rinish berishi mumkin. U oxirgi marta 2022 yilning 27 iyunida rasmiy maqomdagi o'yinda qatnashgan. O'shanda uning jamoasi "Al Fath" bilan bellashgan, Masharipov esa 1 ta gol urgandi.

Shundan keyin Masharipov jamoasining Ispaniyadagi yig'inida jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan edi. 

Saudiya Arabistoni chempionati. 9-tur

"Al Raid"  – "Al Nassr" 

20:00. "Qirol Salmon Sport Siti"


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia