Bugun ham "Spartak" "Ahmat"ga uchta gol uradimi? O'runov maydonga tushadimi? Prevyu

Narzulla Saydullayev
14 avg 2020
Rossiya premer-ligasining 2-turida Moskvaning "Spartak" klubi Grozniyning "Ahmat" klubini qabul qiladi.

Dastlabki turda "Spartak" "Sochi"ni 2:0 hisobida mag'lub eta turib yakunda durang o'ynadi - 2:2. O'sha bahs hakamlar mojarosi bilan yodda qoldi. "Ahmat" ham mavsumni durang bilan boshladi. "Arsenal"ga qarshi kechgan birinchi turning eng zerikarli o'tgan bahsida 0:0 hisobi qayd etildi.

Bu ikki jamoa hozirga qadar 30 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. "Spartak" 16 bor, "Ahmat" 8 bor g'olib bo'lgan, qolgan 6ta uchrashuvda durang qayd etilgan.

Oxirgi o'zaro 3ta o'yinning barchasida "Spartak" "Ahmat"ni mag'lub etgan va uchala o'yinda 3tadan gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Kecha bo'lib o'tgan o'yinoldi matbuot anjumanida "Spartak" ustozi Domeniko Tedesko Aleksandr Kokorin kamida ikkita o'yinni o'tkazib yuborishini ma'lum qildi. Biroq o'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runov borasida aniq fikr bildirmadi. "Uning imkon qadar tezroq o'ynashiga umid qilaman", - dedi murabbiy. Agar O'runov bugun qaydnomadan o'rin olsa katta ehtimol bilan zaxiradan maydonga tushrilishi mumkin.



"Spartak" - "Ahmat"
14 avgust. Moskva. "Otkritie Arena" stadioni. 22:00.
Bosh hakam
- Evgeniy Turbin (Moskva).
Translyatsiya - "Match-Premer".

"Spartak": 5-3-2: Maksimenko, Zobnin, Gaponov, Jigo, Jikiya, Lukas, Kral, Glushenkov, Bakaev, Larsson, Sobolev.

"Ahmat": 4-2-3-1: Sheliya, Nenaxov, Semenov, Nijich, Bogosavac, Ismael, Shvec, Umaev, Ivanov, Berisha, Ponse.

Yo'qotishlar: Aleksandr Kokorin (jarohat) - Rizvan Uciev (jarohat), Vilker Anxel (jarohat).


Muallif taxmini: "Spartak" birinchi turdayoq g'alaba qozonishi kerak edi. Hakamlarning xatosi bo'lmaganida 3 ochko qo'lga kiritilardi. Shu bois ikkinchi turda, yana o'z maydonida "Spartak"ning ochko yo'qotishga umuman haqqi yo'q. Shunday ekan taxminim Moskva klubi g'olib bo'ladi: 3:1.




Narzulla tayyorladi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia