

Soat 14:00dan to 17:00gacha qon topshirish akciyasi bo'ladi. Shu vaqt oralig'ida ko'nglingizdan chiqargan pullarni sayt vakillariga berishingiz mumkin.
Kechagi xabardan so'ng yuzaga kelgan bazi savollarga javob bersak. Birovni bir so'miga ham hiyonat qilinmaydigan tadbirda, tushadigan pullar o'sha joyni o'zida qimmat bo'lgan "Asparangiza" dorilari olinadi va navbatda turgan yosh bolakaylarning QO'LIga topshiriladi. Bu erda Respublikadan kelgan yosh bolakaylar shifo topishadi. Mazkur dorilarni o'z paytida olgan taqdirdagina ularni sog'ayib ketish imkoniyatlari 70%ga oshadi. Shunday ekan, imkoniyatingiz bor ekan, loyihadan chetda qolmang! Istasangiz plastik kartochkangizga Asparangiza dorisini olib hayriyada ishtirok eting, istasangiz qon topshiring. Hammasi mana shu Siz suratda ko'rib turgan bolalar uchun!
Agar shifokorlar ruxsat berishsa, biz ham o'z qonimiz bilan hayriya akciyasida ishtirok etishni maqsad qilib turibmiz.
Moddiy xayriyada ishtirok etmoqchi bo'lganlar uchun: +99894 6394699
Nodirxo'ja Yuldashev



