Bugun futbolchilarimiz Osiyo o'yinlaridagi yurishni boshlaydilar

Aziz Tukhtamuradov
22 sen 2023, 08:18
Xitoyning Xanchjou shahrida XIX Osiyo o'yinlari start olmoqda.

Hozircha musobaqaning tantanali ochilish marosimi o'tkazilmagan bo'lsada, bir necha sport turlarida musobaqalar boshlanib ketgan.

Jumladan, bugun futbol bo'yicha O'zbekiston U-23 terma jamoasi a'zolari musobaqadagi ishtirokni boshlaydilar. 

Avvalroq futbolchilarimiz guruhda Afg'oniston, Gonkong va Suriya vakillari bilan o'ynashlari haqida xabar qilingandi. Biroq Afg'oniston va Suriya terma jamoasi musobaqada ishtirok etmaslikka qaror qildi. Yakunda O'zbekiston va Gonkong terma jamoalari ikkita o'yin orqali guruhdagi g'olibni aniqlab olishlari ma'lum qilindi. Ushbu o'yinlarning dastlabkisi bugun o'tkaziladi. 

Osiyo o'yinlari

Xitoy, Xanchjou 

"SC Sports Centre Stadium"

"S" guruhi

O'zbekiston U-23 - Gonkong U-23

Boshlanish vaqti: 16:30

Ushbu terma jamoalar o'rtasidagi ikkinchi o'yin 25 sentyabr kuni o'tkaziladi. 


Osiyo o'yinlarida o'zbekistonlik boshqa sportchilarining ishtirokiga oid ma'lumotlarni Olamsport.com saytida kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia