Bugun "Futbol-Shou". Biz yomg'irdan qo'rqmaymiz

Narzulla Saydullayev
1 dek 2013, 10:32
Bugun soat 14:00da O'zbekiston futbol federatsiyasi qoshida joylashgan sun'iy maydonda "SA-1" jamoasi "SA-2" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

O'quvchilarimiz orziqib kutayotgan kunga ham oz qoldi. "Championat.asia" saytining tashkil topganiga uch yil to'lishi munosabati bilan o'tkaziladigan shou tadbirimizda bir qator futbolchilar ishtirok etadilar.

Demak, "SA-1" jamoasiga Dilshod Nuraliev ustozlik qiladi. Uning tarkibidan JCH ishtirokchilari - Sarvar Karimov (darvozabon), Jamshid Boltaboev, Javohir Siddiqov, Ibrohim Abdullaev hamda Sanjar Tursunov va Timur Hakimov o'rin oladilar.

"SA-2" jamoasi postini Aleksandr Lobanov qo'riqlaydigan bo'ldi. Maydonda esa Akbar Ismatullaev, Abduqahhor Hojiakbarov, Akmal Xolmatov va Ivan Nagaev to'p tepishadi. Jafar Irismetovning ham kelishi kutilyapti. Biz hammani ham taklif eta olmadik, agar shu xabarni o'qiyotgan futbolchilarimiz tadbirimizda ishtirok etishni istasalar, o'quvchilarimiz bundan faqat xursand bo'ladilar.

Demak, kutilgan shouga 3,5 soat vaqt qoldi. Yomg'irga qaramay shouda ishtirok etishga shoshiling! Haqiqiy erkaklar yomg'irda ham futbol o'ynayveradilar.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia