Bugun futbol. "Navbahor" - "Buxoro"

Xayrulla Xoliqov
12 avg 2018, 18:10
Bugun Superliganing 21-turidan o'rin olgan uchta uchrashuv bo'lib o'tadi. "Navbahor" o'z maydonida "Buxoro"ni qabul qiladi.

Ikkala jamoa ham kuchli oltilikka kirib olgan va turnir jadvalida ketma-ket o'rinlarni egallab turibdi. Xususan "Navbahor" hisobida 34 ochko bor va 4-o'rinda ketyapti. "Buxoro" esa 32 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda.

"Navbahor" o'z maydonida qanday o'yin namoyish etishini hamma biladi. Jamoa anchadan beri uyida mag'lub bo'lmay kelmoqda. Bu yil hisobidan "Navbahor" uyda 10ta o'yin o'tkazib, shundan 8tasida g'alaba qozondi va ikki bor durang o'ynadi. To'plar nisbati 18-2.

Lekin bugungi bellashuvda mehmonlar ham qarab turmasa kerak. Chunki birinchi davra o'yinida bu jamoa "Navbahor"ga yutqazib qo'ygandi. 10-tur uchrashuvida "Navbahor" safarda "Buxoro"ni 1:0 hisobida mag'lub etib qaytgandi. Shu bois bugun buxoroliklar o'sha mag'lubiyat alamini olishga harakat qilib ko'rishadi.

"Buxoro" hozircha safarda faqat uchta o'yinni yutdi. Ulug'bek Baqoev shogirdlari safar o'yinlarida "Neftchi", "Qo'qon-1912", "Qizilqum" klublarini mag'lub etib qaytishdi. Shuningdek, ettita o'yinda mag'lubiyatga uchrashgan. "Buxoro" safar o'yinlarida hali durang o'ynamagan. To'plar nisbati 8-19.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia