Bugun futbol. "Bunyodkor" - "Metallurg"

Xayrulla Xoliqov
10 may 2022, 14:04
Bugun bo'lib o'tadigan ikkita o'yin bilan Superliganing 8-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Toshkentda "Bunyodkor" poytaxt viloyatining "Metallurg" klubini qabul qiladi. Musobaqa jadvalida "Bunyodkor" 10 ochko bilan 6-o'rinda boryapti, "Metallurg" esa 6 ochko to'plagan holda 12-pog'onani egallab turibdi. "Bunyodkor"da to'plar nisbati 10-13, "Metallurg"da esa 3-5. 

Qatorasiga uchta g'alabani nishonlagan "Bunyodkor" oxirgi ikki o'yinda yutqazib qo'ydi. "Qaldirg'ochlar" avvaliga o'z maydonida "Olimpik"ka 1:5, so'ngra Namanganda "Navbahor"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

"Metallurg" dastlabki turda AGMKni mag'lub etganidan beri boshqa g'alaba qozonmadi. Bekobodliklar shundan so'ng 3 durang va ikki mag'lubiyat qayd etishdi. Albatta, "Metallurg"ga ham oson tutib bo'lmaydi, chunki jamoa bu ketishda Proligaga ravona bo'lishi mumkin. Shu bois ispaniyalik murabbiy Luisma Ernandes hozirdan otni qamchilashi shart. 

10 may, seshanba

19:00. BUNYODKOR – METALLURG

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Doston Rahmonov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR hakami: Akobirxo'ja Shukurullaev

VAR assistenti: Jahongir Saidov

VAR nazoratchisi: Vladislav Seytlin

Komissar: Laziz Qo'chqorov

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia