Bugun Yevropaning eng yaxshi futbolchisi aniqlanadi

Aslanov Jasurbek
24 avg 2017, 14:06
Bugun, 24 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da Yevropa Chempionlar ligasining guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi boshlanadi.

Ushbu tadbirda UEFA talqiniga ko'ra, Yevropaning eng yaxshi futbolchisi uchun atalgan sovrin topshiriladi. Ushbu sovringa "Barselona" hujumchisi Lionel Messi, "Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon hamda "Real" forvardi Krishtianu Ronaldu da'vogarlik qilmoqda. O'tgan yili ushbu sovrin Ronalduga berilgan edi.


Sizningcha bu nomga kim loyiqroq?


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia