Bugun YCHLga qur'a tashlanadi. Olma-otaga kimlar keladi?

Iskandarov Abdulaziz
28 avg 2025
Nafaqat Yevropa balki Jahonning eng nufuzli musobaqasi Yevropa Chempionlar Ligasi hisoblanadi.

Bugun ushbu turnirning umumiy bosqich bahslariga qur'a tashlanadi. Tarixda ilk bor YCHLga yo'llanmani qo'lga kiritgan Qozog'istonning "Qayrat" jamoasi bugun o'z raqiblarini bilib oladi. Qo'shnilarimiz to'rtinchi savatchadan o'rin olgan. 

Qur'a qanday o'tkaziladi?

Musobaqada ishtirok etadigan 36 ta jamoa individual reytingga ko'ra to'rtta savatga bo'linadi va amaldagi chempion birinchi savatdagi birinchi ekish raqamini oladi.

1-savatdan boshlab bitta shar tortiladi, shundan so'ng o'tgan yili ishlatilgan avtomatlashtirilgan dasturiy taminot tegishli klubga quyidagi tamoyillarni hisobga olgan holda tasodifiy ravishda sakkizta raqibni tanlaydi:

Har bir savatchadan ikkitadan jamoa, dastur tomonidan belgilangan har bir savatchadagi jamoalarga qarshi bittadan uy va bitta safar o'yini.

Bir associaciyadan bo'lgan jamoalar bir-biri bilan uchrashishi mumkin emas.

Bir associaciyadan ikkitadan ko'p bo'lmagan raqiblar.

Barcha juftliklar aniqlanmaguncha, xuddi shu jarayon qolgan barcha jamoalar uchun takrorlanadi.

Chempionlar Ligasining to'liq taqvimi o'yinlar sanasi bilan 30 avgustdan kechiktirmay e'lon qilinadi.

Chempionlar ligasi o'yinlari qachon o'tkaziladi?

Umumiy bosqich

1-tur: 2025 yil 16-18 sentyabr

2-tur: 2025 yil 30 sentyabr - 1 oktyabr

3-tur: 2025 yil 21-22 oktyabr

4-tur: 2025 yil 4/5 noyabr 

5-tur: 2025 yil 25/26 noyabr

6-tur: 2025 yil 9/10 dekabr

7-tur: 20/21 yanvar 2026 yil

8-tur: 2026 yil 28 yanvar


Pley-off

O'tish o'yinlari: 17/18 va 24/25 fevral 2026 yil

1/8 final: 10/11 va 17/18 mart 2026 yil

Chorak final: 7/8 va 14/15 aprel 2026 yil

Yarim final: 2026 yil 28/29 aprel va 5/6 may

Final: 2026 yil 30 may (Budapesht)

Ma'lumot uchun, qur'a Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia