Bugun 18:30. O'zbekiston U-21 - Rossiya U-21 uchrashuvi

Narzulla Saydullayev
27 may 2017
Bugun Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-21 terma jamoasi Rossiya U-21 bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Uchrashuv Olmaliqdagi OKMK stadionida soat 18:30da boshlanadi.

Evgeniy Bushmanov boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi 2019 yil bo'lib o'tadigan U-21 Yevropa chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

O'FF rasmiy tvitteri xabariga ko'ra bugungi o'yinga kirish bepul.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia